Nur-Sultonda koronavirus infeksiyasining yana uchta holati aniqlandi, deya xabar beradi “Kazinform”.

Foto: AFP 2019 / STR

Qozog’istonda 2020 yil 20 mart mahalliy vaqt bilan soat 22:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00)da koronavirusning epidemiologik holati to’g’risida Telegram’da Qozog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligi qo’mitasi xabar qildi.

“Nur-Sultonda yana uchta koronavirus infektsiyasi qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda 52 ta koronavirus ro’yxatga olingan, ulardan 22 tasi Olmaotada, 28 tasi Nur-Sultonda va 2 ta Qaragandada qayd etilgan », – deyiladi xabarda.