Buxoroda joriy yilning 20 mart kuni soat 17:20 da haydovchi 50 yoshli I.N., oʼzining boshqaruvidagi “Nexia-3 Ravon” avtomashinasida Buxoro shahar А-380 yoʼlining 222 kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida avtomashina orqa yukxonasida oʼrnatilgan “metan” gaz balon portlagan. Bu haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Portlash natijasida avtomashina orqa oʼrindigʼida oʼtirgan 50 yoshli L.S., hodisa joyida, 24 yoshli А.U., va voyaga yetmagan 3 yoshli А., koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etganlar. Аvtomashina haydovchisi I.N., va oldi oʼrindiqda oʼtirgan yoʼlovchi 27 yoshli B.U.,larga yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda tergov-tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, portlash sabablari oʼrganilmoqda.