Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati yozmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati yig‘ilishida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – matbuot kotibi etib tayinlangan Avazbek Xodjimetov va Tashqi ishlar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan Raxmatulla Nazarov tanishtirildi, deb yoziladi xabarda.