AQSh hukumati COVID-19 koronavirusi pandemiyasi bilan bog’liq vaziyat tufayli butun dunyo bo’ylab standart viza xizmatlarini ko’rsatishni vaqtincha to’xtatmoqda, deb aytdi Davlat departamenti Twitter’dagi sahifasida. Bu haqida “Interfax” yozmoqda.

Foto: Sputnik

“COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan jiddiy global qiyinchiliklarga javoban, Davlat Departamenti AQShning barcha elchixonalari va konsulliklarida viza xizmatlarining normal ishlashini vaqtincha to’xtatadi. Elchixonalar va konsulliklar 2020 yil 20 martga qadar immigratsion va noimmigratsion vizalar berish uchun rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qiladi”, deb bayonotda qayd etilgan.

Shu bilan birga, Davlat departamenti, iloji boricha, diplomatik vakolatxonalar AQShga shoshilinch borish zarurati bilan bog’liq vizalarni berishga ishontirgan.

18 mart kuni Davlat departamenti AQSh hukumati dunyoning ko’p qismida viza berilishini to’xtatayotganini e’lon qildi.

Davlat departamenti COVID-19 koronavirusi tahdidi tufayli amerikaliklarni chet elga chiqmaslik, balki AQShdan tashqaridagi barcha amerikaliklar, iloji bo’lsa, o’z vatanlariga qaytishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, AQShda koronavirusga chalingan bemorlar soni 14 312 nafarni tashkil etmoqda.