Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Covid-19 koronavirus tufayli vafot etganlar soni 10 030 kishini tashkil qilmoqda. Jon Xopkins universiteti ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda. 

Foto: France 24

Virusni yuqtirib olganlar soni 244,5 ming kishi. Eng ko‘p kasallanish holati Xitoyga to‘g‘ri keladi. U yerda 81199 nafar bemorda SARS-CoV-2 aniqlangan. Biroq, ushbu kasallik tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha Italiya birinchi o‘ringa chiqib oldi, bu yerda 3405 kishi vafot etgan. Mamlakatda 41 mingdan ortiq odam ushbu kasallikka chalingan.

Koronavirus aniqlanishi va o‘lim holatlari bo‘yicha Eron uchinchi o‘rinda turibdi. Fors o‘lkasida 18,4 mingta holat aniqlangan, ulardan 1284 tasi o‘lim bilan yakunlangan. 

Ma’umot uchun, mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.