Xitoyda so‘nggi ikki kecha-kunduzda koronavirusga chalingan birorta ham holat qayd etilmadi.

Foto: Google.com

Ammo xorijdan kelganlar orasida 39 kishi qayd etildi, deb xabar berdi Xitoy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.

Xabarda ta’kidlanishicha, mamlakatda dekabrdan buyon kasallikka chalinish bilan bog‘liq 80 967 ta holat qayd etilgan, 3248 kishi koronavirus qurboni bo‘lgan. Bugungi kunda Xitoydagi tibbiyot muassasalarida 6,6 mingga yaqin kishi davolanmoqda.

Shu bilan birga, 71 mingdan ortiq bemor bugungi kunda batamom sog‘aygan va ularga uylariga javob berilgan.