20 mart kuni Oliy sudi Rayosati tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turiladi. Bu haqda oliy sud matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qilgan.

Foto: O’zA

Fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilmoqda. Qarorga muvofiq sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilangan.

Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda videokonferens aloqa rejimida ko‘rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etilishi ko‘zda tutilgan.