Yaponiyaning Nissan avtomobil kompaniyasi yangi logotipni patentladi, deb xabar beradi Motor portali.

Foto: RIA novosti

Emblema avvalgisining konturlarini saqlab qoldi, ammo ikki o’lchovli bo’ldi. Dizaynerlar o’rtada gorizontal chiziqni ham olib tashlashdi va endi doira ochildi.

Yangi gerb birinchi bo’lib qaysi modelni bezatishi ma’lum qilinmadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “BMW” ham o’z emblemasini o’zgartirgan edi.