“Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (172-son, 19.03.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Google

Qaror bilan Toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalaridan biri agrosanoat majmuida zamonaviy texnika va texnologiyalar, “aqlli qishloq xo‘jaligi”, raqamli innovasion texnologiyalar va axborot tizimlarini qo‘llay oladigan rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisoblanadi.

Qaror bilan, “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga tinglovchilar oliy ma’lumotli hamda agrosanoat majmuining soha va tarmoqlarida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlar tarkibidan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.