O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi dam olish kunlari qanday ob-havo kutayotgani haqida ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Google

Bugun Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida quruq va juda iliq havo saqlanib turadi, harorat me’yoriy qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori bo‘lib 20-25 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 27 darajagacha ko‘tariladi. Respublikamizning qolgan hududlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 18-23 darajadan oshmaydi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi 15-20m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechga borib havo ayniydi, osmonni bulut qoplab tungi soatlarda butun mamlakat hudud ida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ertaga Navruz bayram kunida kun davomida respublikada yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-sharqiy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Mamlakatimizning barcha hududlarida kunduzgi havo harorati 18-23 darajani tashkil qiladi, bu me’yordan 2-3 darajaga yuqori. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Mamlakatimiz poytaxtida kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-14 daraja iliq, kunduzi 18-20 darajani tashkil qiladi.

Dam olish kunlarida nam havo oqimi respublikamiz hududidan chiqib ketadi. Ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi, bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.

O‘zgidromet sinoptiklari mamlakatimiz xalqini Navruz ayyomi bilan tabriklaydi. Sizga soglik salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz.