“Bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror”, dedi Bahrom Almatov “Uzreport TV”da chiqishda.

Foto: Google

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

“Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. Davolash muasasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud”, deya qo’shimcha qildi.