Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan karantin tufayli e’lon qilingan ta’til mobaynida o‘quvchilar va talabalarga masofadan bilim olish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida barcha resurslar ishga solinmoqda.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Navbatdagi loyiha “UzReport” telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, “Teledars” ko‘rsatuvi o‘quvchilarga uydan chiqmasdan sifatli ta’lim olish imkonini beradi.

“Teledars” dasturida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti “International house-Tashkent” akademik litseyining xalqaro tajribaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilari ilg‘or texnologiyalar asosida respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari uchun onlayn videodarslar taqdim etishadi.

“Teledars” dam olish kunlaridan tashqari har kuni:

  • 10:15da geografiya;
  • 11:15da matematika;
  • 12:15da fizika fanlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Hozirda vazirlik O‘zMTRK va O‘zEOAVMA tizimidagi telekanallar orqali talabalar va o‘quvchilarga videodarslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.