«Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yilning fevral oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston yana ikkita pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tech.thaivisa.com

Internet tezligi reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 102-o‘rinni egallab turibdi va yanvar holatiga nisbatan 2 pozitsiyaga ko‘tarilgan. Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi — 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 26,30 Mbit/c gacha (2020 yil fevral holatiga).

Eslatib o‘tamiz, internet tezligi bo‘yicha reytingda o‘tgan oyda O‘zbekiston to‘rt pog‘onaga yuqorilagan edi.