Shartnoma asosida Janubiy Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda jo‘nab ketgan va mehnat ta’tili davrida O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan fuqarolar diqqatiga!

Foto: Korrespondent

Bugungi kunda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi COVID-19 pandemiyaga aylanganligi sababli, 2020 yil 1 mart kunidan boshlab O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar to‘xtatilgan.

Hukumatimizning mamlakat hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish Maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2020 yil 16 mart kunidan boshlab O‘zbekiston chegaralari karantinga yopilgan, fuqarolarimizning xorijga chiqishi vaqtinchalik chegaralangan.

Qabul qilingan qarorga binoan muntazam avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatilganligini inobatga olib, sizlardan Janubiy Koreya Respublikasiga kirib borish vizalarining muddatini uzaytirish bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa, Janubiy Koreya Respublikasining Kvanju shahrida joylashgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasiga +8210-8495-0027 telefon raqami (telegram) orqali murojaat qilishingiz mumkin, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi.

Murojaatga asosan fuqarolarning kirib borish vizasi muddatini uzaytirish masalasi Koreya Respublikasining tegishli davlat muassasalariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.