Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida “O‘zbekneftgaz” AJ va “ERIELL Group” kompaniyasi hamkorlikda yangi obyektlarni foydalanishga topshirdi.

Foto: Sputnik

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Shimoliy Berdaq” konida 77-sonli quduq, shuningdek diametri 108×6 mm va uzunligi 1150 m ga teng bo‘lgan shleyf gaz quvuri foydalanishga topshirildi. Ushbu quduq 66-sonli quduqning mavjud shleyfiga ulangan.

Ayni paytda Ustyurtda “Arslon” konining 18-sonli qudug‘i, shuningdek diametri 108×6 mm va uzunligi 1250m ga teng bo‘lgan shleyf gazquvuri foydalanishga topshirildi. Quduq “Arslon” konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.

Qashqadaryo viloyatida “Somontepa” konidagi 127-sonli quduq ishga tushirildi. Shuningdek diametri 114x9mm va uzunligi 3500m ga teng shleyf gazquvuri barpo etildi. Quduq “Somontepa” konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.

Bundan tashqari, “Sho‘rtan” konida 327-sonli quduq foydalanishga topshirildi, shuningdek diametri 114x9mm va uzunligi 1422m ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “Sho‘rtan” konining mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.

Buxoro viloyatida “To‘maris” konining 12-sonli qudug‘i ishga tushirildi, shuningdek diametri 114x6mm va uzunligi 620m ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “To‘maris” konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.

Ko‘rsatib o‘tilgan quduqlarning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimiga tabiiy gaz uzatilishini ko‘paytirish imkonini beradi.

Uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar “2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.