Yana beshta koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Ma’lumot Sog’liqni saqlash vazirligida tasdiqlandi, deya xabar beradi “Tengrinews“.

Foto: Evrensel

“20-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:30 (Toshkent vaqti bilan 07:30) da Qozog’istonda koronavirusning epidemiologik holati to’g’risida. Koronavirus infeksiyasining yana beshta holati qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda koronavirusning 49 ta holati qayd etilganligi tasdiqlandi, ulardan Olmaotada – 22 ta, Nur-Sultonda – 25 ta, Qarag’anda – 2 ta.

Avvalroq, mamlakatda COVID-19 infeksiyasining 44 ta holati, jumladan, Olmaotada 19 ta va Nur-Sultonda 25 ta holatlar qayd etilgan. Statsionar karantinda 860 kishi va uy karantinida 2611 kishi mavjud.