“Rospotrebnadzor” COVID-19 vaksinasini sinovdan o’tkazish boshlanganini e’lon qildi,deb yozmoqda “Interfax”.

koronavirus xitoy
Foto: EPA – EFE/SHEPHERD ZHOU

Vaktsinaning prototiplari VSC VB “Vektor” da ishlab chiqilgan. Ular oltita texnologik platformaga asoslangan. Agentlikning ta’kidlashicha, vaktsinaning samaradorligini aniqlash uchun uning immun reaktsiyasini qo’zg’atish qobiliyatini sinab ko’rish kerak.

Sinovlar davomida tadqiqotchilar emlashning eng samarali dozasi va chastotasini va emlash jadvalini aniqlaydilar.

Olimlar emlash joriy yilning to’rtinchi choragida amalga oshirilishi mumkin deb taxmin qilishmoqda.