Amerikaning Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk payshanba kuni “twitterda” korporatsiya Italiyaga koronavirusning yangi turiga qarshi kurashda yordam berishini aytdi.

Foto: AP / Ng Han Guan

“Hozirgi kabi har doim bir-birimizni qo’llab-quvvatlash juda muhim bo’lmagan. Biz Italiyaning Fuqaro muhofazasi bo’limiga tibbiy jihozlar va buyumlarni o’z ichiga olgan holda jiddiy yordam beramiz”, deb yozgan Kuk.

13 mart kuni Apple butun dunyo bo’ylab koronavirus pandemiyasini yengish uchun jami 15 million dollar ajratganini e’lon qilgani xabar qilingan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Italiyada koronavirus infeksiyasi soni 41 ming kishidan oshdi, deyarli 3,5 ming kishi vafot etdi.