Italiyada kuniga koronavirus qurbonlari soni 427 taga oshib, qurbonlar umumiy soni 3405 taga yetdi, shu vaqt ichida deyarli 4500 kishida yangi koronavirus yuqtirilgan, dedi Italiya Fuqarolik mudofaasi rahbari Anjelo Borrelli.

Foto: EPA-EFE/MAURIZIO BRAMBATTI

Davolanganlar soni ko’paydi va 4400 taga yetdi. Hammasi bo’lib, virusni yuqtirgan 41 mingdan ortiq odam, shu jumladan tuzalib yana qayta kasallanganlar ham bor.

“Afsuski, bugungi kunda biz yangi 427 o’limni qayd etdik”, dedi Borrelli. Shunday qilib, Italiyada COVID-19 qurbonlari soni 3405 ga yetdi.

Bir kun oldin rekord darajada 475 ta o’lim qayd etildi. Borrellining so’zlariga ko’ra, infektsiya bilan kasallanganlarning umumiy soni, shu jumladan vafot etganlar va tuzalib ketganlar bilan hisoblansa 41 mingdan oshdi. Xuddi shu ko’rsatkich avvalroq 35,7 ming kishi bo’lgan.

Ma’lumot uchun, Italiya vafot etgan bemorlar soni bo’yicha Xitoydan ham o’zib, rekord darajaga yetdi. Ayni vaqtda Xitoyda 80,928 nafar infeksiyani yuqtirib olganlar vafot etganlar soni esa 3,245 nafarni tashkil etmoqda.