Koronavirus pandemiyasi dunyoda ishsizlikni sezilarli darajada oshiradi. Xalqaro mehnat tashkilotining xabariga koʻra, buning oqibatida deyarli 25 million kishi ishsiz qoladi. Bu haqida “Xalq so’zi” yozmoqda.

Foto: Google

Qayd etilishicha, pessimistik ssenariy boʻyicha 24,7 million kishi (solishtirish uchun: 2008-2009-yildagi moliyaviy inqiroz davrida 22 million xodim ishsiz qolgan), optimistik taxmin boʻyicha esa 5,3 million kishi ishsiz qoladi.

“Koronavirus pandemiyasi endilikda nafaqat sogʻliqni saqlash sohasidagi global inqiroz, balki mehnat bozori hamda insonlarga katta taʼsir koʻrsatadigan iqtisodiy inqiroz hamdir“ deydi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder.

19 mart tonggiga qadar dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 219 561 nafarga yetdi. Shundan 7882 nafari (sutkasiga +744 kishi) vafot etgan, sogʻayganlar 81102 (+2898) kishini tashkil qilmoqda.