Bugun Namangan viloyati hokimligida “Hyundai Motor Uz Namangan” korxonasi rahbari Kim Yung Chol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Namangan shahar hokimligi axborot xizmati malum qildi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Muloqot chog‘ida “Namangan” EIZning To‘raqo‘rg‘on tumani hududida barpo etiladigan Hyundai tijorat avtomobillari ishlab chiqarish zavodi loyihasini amalga oshirilish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

Loyihani amalga oshirilishi borasida oxirgi bosqichga kelinganini ma’lum qilgan Kim Yung Chol zavodning qurilish ishlari keyingi oyga boshlanishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.