19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kengaytirilgan hay’ati yig’ilishida Vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Sherzod Asadov tanishtirildi. Bu haqida vazirlikning axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Bunga qadar Sherzod Asadov mamlakatimizning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huziridagi doimiy vakili bo’lib ishlagan.