Jizzax shahri, Ko‘tarma mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1978 yilda tug‘ilgan ayol G.S. Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, firibgarning aldoviga ishonib qolganini bildirdi. Bu haqida Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

pora korrupsiya kelishuv
Foto: Google

Fuqaro G.S. ning keltirishicha, Toshkent shahar, Shayxontoxur tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yil tug‘ilgan, aktyor A.R. to‘yiga xonanda Rayhona G‘aniyevani olib kelishini aytib Kimyogar mahallasi hududida 6 ming 400 AQSh dollar pulini olgan. Biroq aktyor va’dasini bajarmagan va bu pullarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.