Xalq ta’limi vazirligi “onlayn darslar” masalasida quyidagilarni tushuntirishni lozim deb topdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

– Xalq ta’limi vazirligi va milliy teleradiokompaniya tarkibidagi telekanallar hamkorlikda videodarslarni suratga olish ishlarini olib bormoqda. Bu haqdagi ma’lumotlar vazirlik ijtimoiy tarmoqlari va OAVlarda berilib borildi.

– Videodarslar yaqin kunlar ichida “Oilaviy”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Dunyo bo‘ylab” va “Yoshlar” telekanallarida hamda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida (@uzedu) namoyish etiladi. Ya’ni videodarslar nafaqat internet tarmog‘ida, balki telekanallar orqali namoyish etiladi.

– Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga alohida videodarslar tayyorlash va ularni tarqatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bermagan. Hududlarda videodars olishga o‘qituvchilarni norozi qilgan holda jalb qilish va turli hujjatlarni to‘ldirishni talab qilishga qat’iyan chek qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

– Shu bilan birga, agar yuqorida keltirib o‘tilgan holatlar siz bilan sodir bo‘layotgan bo‘lsa yoki shu to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz sodir etilayotgan hudud va maktabni aniq ko‘rsatgan holda Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.