Ispaniyada mamlakatda infeksiya tarqalishi boshlanganidan beri kamida 17,147 ta yangi koronavirus bilan yuqtirish holatlari qayd etilgan. Bu haqida payshanba kuni Qirollik Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Foto: RIA novosti

Unga ko’ra, 767 kishi vafot etgan, 1107 kishi davolangan. Chorshanba kuni agentlik infeksiyaning 13 716 holati va 558 qurbonlari haqida xabar bergan.

19 mart tonggiga qadar dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 219 561 nafarga yetdi. Shundan 7882 nafari (sutkasiga +744 kishi) vafot etgan, sogʻayganlar 81102 (+2898) kishini tashkil qilmoqda.