2020 yil 19 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati yozmoqda.

Foto: Google

Unda 2020 yil 19 martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab:

  • massaj salonlari
  • diskotekalar, diskobarlar
  • bolalar o‘yin zallari

faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi.

Tadbirkorlik subyektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘z-o‘zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz.

Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.