Chempionat o’yinini keyinga qoldirish qarori Nyu-York shtati Atletika komissiyasining ko’rsatmalariga muvofiq qabul qilindi.

Foto: Google

Rossiyalik Habib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o’rtasidagi yengil vazn toifasidagi UFC 249 turniri koronavirus tarqalishi sababli Nyu-Yorkdan boshqa joyga qoldirildi. Bu haqida UFC rasmiy saytida xabar berildi.

Turnir 18 aprel kuni Bruklindagi “Barclays Center Arena” da bo’lib o’tishi rejalashtirilgan edi. Tanlovning yangi joyi keyinroq e’lon qilinadi. Tashkilot turnirni bir vaqtning o’zida o’tkazishni rejalashtirmoqda.

“Qaror Nyu-York shtati atletika komissiyasining ko’rsatmalariga binoan, shuningdek, Nyu-York shtatining yirik ommaviy tadbirlarni o’tkazishda cheklovlariga muvofiq qabul qilindi. Qo’shimcha tafsilotlar, shu jumladan turnirning yangi joyi haqida keyinroq e’lon qilinadi”, – deyiladi UFC matbuot xizmati xabarida.