Mahalliy vaqt bilan soat 13:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00) da qozog’istonlik shifokorlar mamlakatda koronavirus infeksiyasining yana yettita yangi holatini aniqladilar. Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi kunda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 44 kishini tashkil etadi. Bu haqida “TASS” yozmoqda.

Foto: Zakon KZ

“Nur-Sulton shahrida yana yettita koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda 44 ta koronavirus ro’yxatga olingan, ulardan 19 tasi Olmaotada va 25 ta Nur-Sultonda qayd etilgan.

15 mart kuni Tokayev koronavirus tarqalishi munosabati bilan respublikada 15 aprelgacha favqulodda holat joriy etish to’g’risida farmon imzolagan edi. Bundan tashqari, 19 mart kuni Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimini joriy etish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Qozog’istonning o’zida, koronavirus infeksiyasining birinchi holati 13 mart kuni e’lon qilindi. Hozirgi kunda yuqtirilgan 44 kishidan 19 nafari Olmaotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, 25 kishi Nur-Sultonda.

19 mart tonggiga qadar dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 219 561 nafarga yetdi. Shundan 7882 nafari (sutkasiga +744 kishi) vafot etgan, sogʻayganlar 81102 (+2898) kishini tashkil qilmoqda.