“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Tandircha” konida Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati

Jumladan, “Janubiy Tandircha” konida tabiiy gaz tarkibidan texnolgik suyuqliklarni ajratib oluvchi Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi uchun montaj qilinadigan separator, ajratgich, degazator, shamollatgich, V-150 metr kub idish, har xil o‘lchamdagi quvur, sharli kran va zadvijkalarni yangilash “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalarning ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Texnologik jarayon ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish uchun, qurilmaga avtomatik va qo‘l kuchi yordamida boshqarish va texnologik loyiha va reglament asosida qurilma apparatlariga bosim, harorat va sarf o‘lchov asbobi, zamonaviy nazorat asboblari, rostlovchi klapanlar hamda boshqaruv shkafi o‘rnatiladi.

Qurilish va montaj ishlarini yakunlash 2020 yilning mart oyi oxiriga mo‘ljallangan. Qurilmani ishga qo‘shilishi hisobiga kunlik 50 ming kub metr qo‘shimcha tabiiy gaz qazib chiqarish, hamda “Janubiy Tandircha” konidan qazib olinayotgan tabiiy gazni Sho‘rtan Bosh inshootiga barqaror yetkazib berilishi ta’minlanadi, deyiladi “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabarida.