shavkat mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.