Kuni kecha O‘zgidromet Slovakiyaning MisroStep-MIS, spol. s r.o. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtomatik meteorologik stansiya oldi. Bu haqida “O‘zgidromet” axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘zgidromet axborot xizmati

Ushbu uskunalarni joriy yilda kuzatuv stansiyalari va postlarga o‘rnatish hamda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda O‘zgidrometni keng ko‘lamda modernizatsiyalash hamda iqlimiy monitoringni takomillashtirish uchun qilinayotgan harakatlarni e’tiborga olib, CAMP4ASB loyihasining avtomatik o‘lchov tizimlarini joriy etishga ko‘magi juda muhimdir.

Gidrometeorologik kuzatuv tarmog‘ida o‘rnatiladigan yangi zamonaviy uskunalar markaz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, iqlimiy va gidrometeorologik monitoring tizimini kuchaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va tayyorlik darajasini oshirish hamda umuman barcha manfaatdor foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan iqlimiy xizmatni yaxshilashga imkon beradi, deyiladi xabarda.