Hozirgi kunda butun dunyoga xavf solayotgan COVID-19 virusi sababli 2020-yil 16-mart sanasidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopilganligi haqida xabar berilgan edi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Shuningdek, vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan Oʻzbekiston chempionatlari, Oʻzbekiston kubogi bahslari va xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sportchilarini ishtiroki vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Taekvondo boʻyicha 2020-yil 24-26-mart kunlari Surxondaryoning Termiz shahrida 2003-2005-yillarda tugʻilgan oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi musobaqasi, 10-11-aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo qitʼasidagi litsenzion musobaqa, 3-6-mart kunlari Livanning Bayrut shahrida taekvondo boʻyicha XIV Osiyo chempionati boʻlib oʻtishi kerak edi.

Mazkur musobaqalar koronavirus tufayli boshqa sanaga koʻchirilgan, deya xabar bergan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.