Foto: AP Photo / Huseyin Avci

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja mamlakatda koronavirusni yuqtirgan 61 yoshli erkak vafot etgani, bir kunda 93 kishi koronavirusni yuqtirib olgani va ularning umumiy soni 191 nafarga yetganini ma’lum qildi.

“Birgalikda harakat qilib biz albatta koronavirusni yengamiz”, deb yozdi vazir o‘z tvitterida.