Tajribali murabbiy, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Boris Grigoryev vafot etdi. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Boris Grigoryev

Boris Ivanovich uzoq yillar davomida MHSK (Markaziy Harbiy Sport Klubi) dzyudo bo‘limida bosh murabbiy lavozimida ishlagan. Vatanimizga harbiy sportchilarni tayyorlab berishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Uning qo‘l ostida Abdulla Tangrieyv, Ramziddin Saidov, Rishod Sobirov kabi taniqli harbiy-dzyudochilarimiz mashg‘ulot o‘tkazgan va musobaqalarda ishtirok etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.