“O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3176-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan 2020 yilda 30 ta badiiy, 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, 30 ta mul’tiplikasion, 10 soatli qisqa metrajli va yumoristik kinojurnal ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Foto: “O‘zbekkino” Milliy agentligining axborot xizmati

Mazkur reja bo‘yicha Agentlik 2020 yil 7 fevralda iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san’at, fan, ta’lim hamda ijtiomiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy granti asosida milliy fil’mlar ishlab chiqarish uchun ustuvor mavzular ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 avgustdagi “Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 695-sonli qarorining 39-bandida qayd etilganidek, “tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan yoki birorta ishtirokchi qatnashmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan deb topiladi.

Bunday holatda davlat buyurtmachisi (“O‘zbekkino” MA) xarid qilish tartib-taomilini ayni o‘sha shartlarda hamda film (kinomahsulot)ga doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshiradi”.