O‘tgan sutkada Italiya hududida koronavirus infeksiyasi sabab vafot etganlar soni 475 kishini tashkil etdi. Bu haqida Italiya fuqarolik muhofazasi departamenti boshlig‘i Anjelo Borrelli xabar qildi.

Foto: O’zA

Uning ta’kidlashicha, bu epidemiya boshlangandan beri rekord natijadir. Hozirda Italiyada 35713 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, qariyb 3000 kishi vafot etdi, 4025 kishi tuzalib ketdi.

“Yuqtirishlar soni va o‘limlar ortib bormoqda”, dedi mulozim.

Eng ko‘p vafot etayotganlar Italiyaning shimolida kuzatilmoqda.