Angliyaning “Liverpul” futbol klubi hujumchisi Muhammad Saloh Misrda koronavirusga qarshi kurashish uchun 1,17 million yevro ehson qildi.

saloh
Foto: Sports

“Muhammad koronavirusga qarshi kurashish uchun 20 million misr funti (1,17 million yevro) ehson qildi. Uning bu harakati mamlakatimizdagi sportning timsoliga aylandi”, deb yozdi Misrning sobiq Sport vaziri Xolib Abdulaziz o‘z Tvitterida.