Uxan shahrida (18-mart) kun davomida birinchi marta hech kim koronavirusni yuqtirmadi.

Foto: Google

Uxan shahrida (18-mart) kun davomida birinchi marta hech kim koronavirusni yuqtirmadi.

Bu haqida Xitoy sogʻliqni saqlash milliy komissiyasi xabariga tayanib “RBC” maʼlum qildi. Uxan shahri joylashgan Xubey provinsiyasidan tashqarida ham oʻlim holati qayd etilmagan. Faqat 34 ta infeksiya yuqtirish holati qayd etilgan.

“Xitoyning markaziy provinsiyasida kuniga 795 davolangan bemor shifoxonalardan chiqarilgan“, — deyiladi xabarda.