Foto: Google

19 mart tonggiga qadar dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 219 561 nafarga yetdi. Shundan 7882 nafari (sutkasiga +744 kishi) vafot etgan, sogʻayganlar 81102 (+2898) kishini tashkil qilmoqda.

Rossiyada 147 ta koronavirusni yuqtirganlik holati qayd etilgan.

Markaziy Osiyoda holat quyidagicha: Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlar soni 3 nafarga yetdi. Oʻzbekistonda 18 nafarni tashkil qilmoqda. 

Qozogʻistonda shu bugunga qadar koronavirusni yuqtirganlik boʻyicha 37 ta holat qayd etilgan. 

Tojikistonda bironta holat qayd etilmagan. Ammo mamlakat tashqi ishlar vazirligi 16ta mamlakat (XXR, Eron, Italiya, Koreya, Afgʻoniston, Frantsiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Niderlandlar, Germaniya, Belgiya, Daniya va AQSH) roʻyxatini eʼlon qilgan, ushbu davlatlardan Tojikistonga kirib kelgan tojikistonliklar va chet el fuqarolari ikki haftalik karantinga olinadi.