Qozogʻiston Xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi kurashish uchun birinchi prezident jamgʻarmasidan 460 ming dollar ajratishni buyurdi. Bu haqda “Yelbasi” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Bugun Qozogʻistonda epidemiyaga qarshi barcha zarur boʻlgan tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda. Ular oʻz vaqtida va mavjud boʻlgan vaziyatga javob bermoqdalar. Davlat misli koʻrilmagan choralarni koʻrmoqda. Mahalliy biznes ham xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda har qanday yordamni bera oladi. Ijtimoiy masʼuliyatni va jamiyatimiz birligini namoyish etish orqali ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatlashga chaqiraman. Biz ushbu sinovni munosib tarzda yengib oʻtamiz, dedi sobiq prezident.

Ajratilgan mablagʻ koronavirus holatlari aniqlangan Nur-Sulton va Olma-Ota shahar maʼmuriyatlari oʻrtasida teng ravishda taqsimlanadi. Ushbu pul pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etgan shifokorlarga mukofot sifatida berilishi kerak. Shuningdek, Nazarboyev jamgʻarmasi mablagʻlari qoʻshimcha tibbiy niqoblar va dezinfeksiyalash vositalarini sotib olishga, poytaxtdagi mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga sarflanadi.