So’nggi 24 soat ichida materik Xitoyda 34 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi, ularning barchasi chet eldan kelgan odamlardir, deb xabar beradi XXR Davlat statistika qo’mitasi.

Foto: Reuters

Ulardan 21 ta bemor Pekinda, Shanxayda – 2 ta, Guangdongda – 9 ta, 1 ta – Xeylongjang (Rossiya bilan chegaradosh) va Zhejiang viloyatlarida aniqlandi. Hammasi bo’lib, Xitoyga chet eldan kelgan 189 nafar yuqtirilgan odam bor.

Bir kunda mamlakatda sakkiz kishi vafot etdi, barcha holatlar infeksiya tarqalish epitsentrida – Xubey provinsiyasida qayd etildi.

Dekabr oyidan beri mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 3245 kishini tashkil etdi, kasallikning 80 928 holati qayd etildi. Ulardan 3130 tasi Xubeyda vafot etgan, 67,8 ming kishi kasal bo’lgan.

Ayni paytda mamlakatning materik qismida 7,2 ming kishi tibbiy muassasalarda davolanmoqda, 2,3 ming bemorning ahvoli og’ir deb baholanmoqda.

Shu bilan birga, 70,4 mingdan ortiq odam davolanishdi va tibbiy muassasalarni tark etishdi.