Olmaota shahrida koronavirus infeksiyasining yana bir holati qayd etildi, deya xabar beradi “Kazinform” axborot agentligi Qozog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Telegram kanaliga tayanib.

Foto: AFP 2019 / STR

Shunday qilib, 19 mart kuni ertalabki soat 08:00 da Qozog’istonda koronavirusning 37 holati, ulardan 19 tasi Olmaotada va 18 tasi Nur-Sultonda qayd etilgan.

“Bu Rossiya fuqarosi, 1979 yilda tug’ilgan. Bizga 15 mart kuni Moskva – Olma-ota reysi bilan etib kelishdi. Hozirda shifoxonada karantindadir”, dedi Dias Ahmetsharip, Qozog’iston Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili.

Avvalroq, Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holat joriy etilgan va 19 martdan poytaxt va Olmaotada karantin joriy etilgan edi.