“Favipiravir” preparati yangi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyani davolashda samarali ekanligini ko’rsatdi. Buni klinik tadqiqotlar tasdiqladi, dedi Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligining Biotexnologiya markazi rahbari Chjan Sinmin, bu haqida “Tengrinews” nashri “Sinxua” agentligiga tayanib xabar berdi.

Foto: RIA novosti

Xitoy sog’liqni saqlash vakilining so’zlariga ko’ra, bemorlar preparatni qabul qilish orqali tezroq tuzalsa, o’pkalari ham tuzalib ketish ehtimoli ko’proq bo’ladi.

Guangdong janubida joylashgan, Shenjen shahridagi kasalxonalardan birida koronavirus bilan kasallangan 80 ta bemordan 35 tasi ushbu dorilarni qabul qildi. To’rt kun ichida ularning koronavirus testlari salbiy bo’lib chiqdi, qolganlari o’rtacha 11 kun davomida davolandi.

Yana bir shunga o’xshash tadqiqot Uxan kasalxonasida o’tkazildi.

“Favipiravir” shuningdek, “Avigan” nomi bilan tanilgan, Fujifilm Holdings, yapon korporatsiyasi tomonidan grippni davolash uchun ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, “Ebola”ga qarshi ham ishlatilgan. Preparatga salbiy reaksiyalar 2014 yilda Yaponiyada sotilishi tasdiqlangandan beri qayd etilmagan.