Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko’plab murojaatlar va so’rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo’lidan kelganicha harakat qilishmoqda, deya xabar berdi kompaniya axborot xizmati.

Foto: Nuz.uz

Bekor qilingan qatnovlarga bo’lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo’lovchilar buni jarimalar va sanktsiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.

Sizning tushunishingizga umid qilamiz va xotirjam bo’lishingizni so’raymiz, deya qo’shimcha qilgan xabar so’ngida.