Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhan Gebreysus Jenevada bo’lib o’tgan matbuot anjumanida, COVID – 19 ga qarshi vaksinaning birinchi sinovlari boshlanganligini aytdi, deb yozmoqda “RIA novosti“.

Foto: Google

“Birinchi emlash sinovlari, virusning genetik ketma-ketligi tarqalgandan 60 kun o’tgach boshlandi. Bu tasavvur qilib bo’lmaydigan yutuq. Dunyo miqyosidagi tadqiqotchilarga eksperimental dorilarni muntazam ravishda baholashni tavsiya etamiz”, dedi u.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 18 mart kuni ertalab 154 mamlakatda COVID – 19 aniqlangan. Dunyoda koronavirus holatlarining umumiy soni 197 139 tani tashkil etdi, 7916 o’lim, 81 738 kishi davolandi. Ta’kidlanishicha, o’tgan kun davomida virus sakkizta yangi mamlakatda aniqlangan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.