Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi chorshanba kuni koronavirus pandemiyasi holatida o’z xodimlarining sog’lig’iga g’amxo’rlik qilish bilan avtomobil ishlab chiqarishni to’xtatilishini e’lon qildi.

Foto: Uzreport

“Bugun Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasi kompaniyaning Gudvud shahridagi zavodida ishlab chiqarish 23 martdan boshlab ikki haftaga to’xtatilishini e’lon qildi”, deyiladi bayonotda.

17 mart holatiga ko’ra, Buyuk Britaniyada yangi koronavirus bilan yuqtirishning tasdiqlangan holatlari soni chorakdan ko’proq o’sdi va 1950 taga yetdi. Shu bilan birga, Angliya bosh sanitariya vrachi Kris Uitti va Britaniya hukumatining ilmiy maslahatchisi Patrik Vallansning hisob-kitoblariga ko’ra, kasallikning haqiqiy soni 55 mingga yetishi mumkin.

Yangi koronavirus bilan kasallanganligi tasdiqlanganlar orasida vafot etganlar soni 71 nafarni tashkil etmoqda.