Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshabaev va universitet professori Tuyg‘un Nishanbaevlar Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi va ularga Xalqaro akademiya akademigi unvoni berildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Bugun, 18 mart kuni TATUda taqdirlanganlarga ushbu nufuzli unvon tantanali topishirildi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, Aborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadiqov hamda Qozog‘iston tabiiy fanlar milliy akademiyasi akademigi M.Yakubovalar ishtirok etdi.

Mamlakat imijini yaxshilashda oliy ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning nufuzli universitetlari, ularning malakali professorlari va iqtidorli yoshlarini dunyo qanchalik ko‘p tanisa va tan olsa, oliy ta’limga shuncha ko‘p investisiya keladi. Shu boisdan ham bu e’tirofni TATU uchun berilgan yuksak baho, desak to‘g‘ri bo‘ladi, – dedi Inomjon Majidov.