Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

8 mart kuni taxminan soat 5.30 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli “Mercedes-Benz GLS300” (davlat raqami 01 Y 549 HB) va “BMW X5” (davlat raqami 01 F 701 XA) rusumli avtomobillarning qasddan yoqib yuborilishi fakti qayd etilgan edi. Moddiy zarar summasi taxminan 225 000 AQSh dollari miqdorida baholangan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchi 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzod Sh.lar aniqlanib, qo‘lga olindilar.