103 yoshli ayol Eronda koronavirusning yangi turini yuqtirganidan so’ng tuzaldi , deya xabar beradi “IRNA” shifokorlarga tayanib.

Foto: Google

“103 yoshli ayol koronavirus bilan kasallangan Semnan viloyatida tuzaldi” – dedi Tibbiyot fanlari va sog’liqni saqlash universiteti rahbari, bemor taxminan bir hafta kasalxonada bo’lganini qo’shimcha qildi.

Fars xabar berishicha, u Eronda davolangan eng keksa ayol bo’lgan.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 18 mart kuni ertalab 154 mamlakatda COVID-19 aniqlangan.

Dunyoda koronavirus holatlarining umumiy soni 197 139 tani tashkil etdi, 7916 o’lim, 81 738 kishi davolandi. Ta’kidlanishicha, o’tgan kun davomida virus sakkizta yangi mamlakatda aniqlangan.