Koronavirus infeksiyasining tarqalishi haqida ma’lumot to’playdigan “BNO News” agentligining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda COVID – 19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 200,059 kishiga yetdi . Unga ko’ra, halok bo’lganlar soni – 7 989, tuzalib ketgan – 82,026.

Foto: Google

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, koronavirus infektsiyasining tasdiqlangan holatlari soni 184 975 ni tashkil etadi, 7 529 kishi vafot etgan.

Jons Xopkins universiteti (AQSh) hisob-kitoblariga ko’ra, yuqtirganlar soni 198 178, o’lganlar – 7 954, 81 960 sog’ayib ketishdi.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.